06:06 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
486 0 0

Atirau shahrida ikki kishi Oʻzbekiston fuqarosini oʻgʻirlab ketdi va undan ming dollardan ziyod pul talab qildi. Gumon qilinuvchilar destruktiv diniy oqim tarafdorlari ekani maʼlum.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Qozogʻistonning Atirau shahrida ikki kishi Oʻzbekiston fuqarosini oʻgʻirlab ketdi va undan 500 ming tenge (1192 dollar) pul talab qildi.

“24 avgust kuni ikki nomaʼlum shaxs oʻzining moliyaviy ahvolini Oʻzbekiston fuqarosini qoʻrqitib pul olish evaziga oʻnglashga qaror qilgan.  Ular kuch ishlatib, uni uylariga olib ketgan, biroq koʻp oʻtmay qoʻyib yuborgan. Shu bilan birga undan 500 ming tenge olib kelishni talab qilishgan”, - deyiladi mamlakat IIV rasmiy portalida.

Oʻsha kunning oʻzida jabrlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qilgan. Natijada Atirau shahridan boʻlgan 37 yoshli va Jilikoʻl tumanidan boʻlgan 41 yoshli gumon qilinuvchilar qoʻlga olingan. Qoʻlga olinganlar destruktiv diniy oqim tarafdorlari ekani maʼlum.

Ulardan biri muqaddam bir necha marta sudlangan. Hozir u tergov hibsxonada saqlanmoqda. Uning sherigi esa uy qamogʻiga olingan.

Qozogʻiston JKning “Tovlamachilik” moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

Asosiy mavzular