05:41 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
357 0 0

"Erudit" ijodiy markazi rahbari, sobiq hokim Behzod Zokirov vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari maʼlum qilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, unda koronavirus alomatlari boʻlgan

TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. "Erudit" ijodiy markazi rahbari, Kattaqoʻrgʻon shahrining sobiq hokimi Behzod Zokirov vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari maʼlum qilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, unda koronavirus alomatlari boʻlgan.

"Erudit", "Bekajon", "Erudit-Sport", "Ledi" kabi gazetalar Behzod Zokirovning tashabbusi bilan yaratilgan va elga singgan edi.

"Hayotimda ustozlarim koʻp. Maktabdagi ustozlar qanday ilm bergan boʻlishsa, Behzod Zokirov hayot maktabidagi ENG qatʼiyatli, ENG zukko, ENG tadbirli ustoz edi. Ammo hayot Oʻtkir Hoshimov, Tohir Maliklar qatorida bu kishini ham oramizdan olib, yuragimizga solib ketdi... Ammo hayot abadiy. Yaxshilar nomi oʻchmaydi. Behzod aka haqida koʻp narsa aytish mumkin. Afsuski, soʻzga, taʼriflarga, gʻayrati ichiga sigʻmas inson Yaratganning dargohiga ketdi. Yaqinlariga, doʻstlariga, u kishi bilan bir safda ishlagan hamkasb shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiraman", - deya ijtimoiy tarmoqlarda hamdardlik bildirgan ijodkorlardan biri Xoliyor Safarov.

2020 yil 3 sentyabr soat holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 42 635 nafarni tashkil etmoqda. Qurbonlar soni 329 nafarga yetgan.

Ayni paytda 39 883 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Mamlakatda 2 421 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 365 nafari ogʻir, 176 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Asosiy mavzular