03:35 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
156601

Erkak oʻzining balogʻat yoshiga yetmagan qiziga hujum qilgan va qiz oʻzini himoyalayotib hushidan ketganida, shavqatsizlarcha uni tahqirlagan.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Tojikistonda Dangʻara tumani yashovchisi 25 yilga qattiq rejimdagi koloniyaga mahkum etildi. Erkak bu jazoni oʻz qizini shavqatsizlarcha tahqirlagani uchun olgan, deb xabar qilmoqda respublika Bosh prokuraturasi.

Xabar qilinishicha, Azizullo Abdulloyev, oʻz xonadonida boʻlgan vaqtida 22:00ga yaqin 15 yashar qizini uygʻotgan va uning ustidan jinsiy xarakterga ega zoʻravonlikni sodir eta boshlagan.  Uyda boshqa hech kim boʻlmagan.

Qiz qarshilik koʻrsatib, baqira boshlagan, ammo erkak uning yuzini yostiq bilan yopgan, natijada qiz hushini yoʻqotgan.

Abdulloyev jinoyatni shu tarzda davom ettirgan.

Holat haqida maʼlum boʻlgach, Dangʻara prokuraturasi tomonidan Tojikiston Jinoyat kodeksining 138-moddasi 3 "a" (zoʻrlash) bandi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Xatlon viloyati sudi shavqatsiz zoʻravonni 25 yillik qattiq rejimdagi koloniya jazosiga mahkum etgan.

Asosiy mavzular