Toshkentda YTHda jarohatlangan inspektor vafot etdi

© GUVDV Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto
V Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda Lacetti urib yuborgan 30 yoshli YPX inspektori jonlantirish bo‘limida vafot etdi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Toshkentning Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTHda jarohat olgan YPX inspektori kasalxonada vafot etdi deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, voqea 1 sentabr kuni soat 19.00da sodir bo‘lgan. Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori katta serjant Salim Umarov “Grand Mir” mehmonxonasi yaqinida hujjatlarni tekshirish maqsadida “Captiva”  rusumli avtomobilni to‘xtatigan. Katta serjant hujjatlarni haydovchiga qaytarib, transport vositasini aylanib o‘tib yo‘l cheti tomon yurgan.

"Shu vaqtda 19 yoshli Temurbek M. boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” avtomobili Mirobod ko‘chasidan chiqib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan “Captiva” avtomobiliga to‘qnashgach, inersiya tufayli harakatni davom ettirib, YPX xodimini urib yuborgan", - deyiladi xabarda.

YTH oqibatida 30 yoshli YPX inspektori katta serjant Salim Umarov badan shikastlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan edi.

Bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun prokuraturaga yo‘naltiriladi.

© GUVDV Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto
Toshkentda YTHda jarohatlangan inspektor vafot etdi  - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto
Yangiliklar lentasi
0