06:48 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
298 0 0

Xabarda aytilishicha, fuqarolar Toshkent viloyatida sentyabr boshida Olmaliq shahrida IIO xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Toshkent viloyatida marixuana qovurayotgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Xabarda aytilishicha, fuqarolar Toshkent viloyatida sentyabr boshida Olmaliq shahrida IIO xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida qoʻlga olingan.

25 yoshli B.U. oʻz dala-hovlisida 675 gramm "marixuana"ni sherigi - 34 yoshli X.A. bilan birgalikda qozonda qovurayotganida qoʻlga tushgan. Bundan tashqari qozon oldidan 1,2 kilodan ziyod "marixuana" giyohvandlik vositasi topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a" bandi (Giyovandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

B.U. va X.A., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular