02:28 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB134.34
  • EUR12294.55
  • USD10390.93
Hodisalar
Havola olish
258 0 0

Yigitlardan biri olgan tan jarohatlari bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi jabrdiydaga ogʻir tan jarohati yetkazilgan, degan xulosa bergan.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Toshkent shahri oʻzaro gap talashib qolgan yigitlar oʻrtasidagi janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB axborot-xizmati.

Xabarga koʻra, hodisa Olmazor tumanidagi kafelardan birida roʻy bergan. 22 yoshli Xikmatullo toʻrt nafar tanishlari bilan kafeda oʻtirgan vaqtida 24 yoshli Temur bilan oʻzaro gap talashib qolgan. Mojaroni ogʻzaki hal qilish uchun koʻchaga chiqishgan vaqtida, Xikmatullo yonida olib yurgan pichoq bilan Temurga tan jarohatlari yetkazgan. 

Natijada, jabrdiyda olgan tan jarohatlari bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi jabrdiydaga ogʻir tan jarohati yetkazilgan, degan xulosa bergan.

Holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB Tergov boʻlinmasi tomonidan Xikmatulloga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi boʻyicha Xikmatullo Oʻzbekiston JKning 104-moddasi 2-qismi "ye" bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, Oʻzbekiston JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.

Asosiy mavzular