03:32 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
133 0 0

Uch firibgar chet el vakolatli xayriya organining Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan tashkiloti sertifikatini qalbakilashtirgan.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Toshkentda soxta sertifikatlar orqali oʻqishga kirmoqchi boʻlgan abituriyentlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Sputnik nashriga xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan Davlat test markazining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqarolar S.A., F.YU. va X.A.lar sertifikatning muayyan darajalariga ega boʻlganlar ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilganligidan foydalanish maqsadida www.abitur.dtm.uz sayti orqali chet el vakolatli xayriya organining Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan tashkiloti sertifikatini qalbakilashtirgani aniqlangan. Ular test sinovlari majmuasiga chet tili fani kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan.

Mazkur holat yuzasidan S.A., F.YU. va X.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular