03:56 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
761 0 0

23 yoshli qiz avtomobil yoʻlida 33 yoshli U.A.ni hech bir sababsiz qasddan qoʻllari bilan urgan. Shuningdek, oyoqlari bilan tepib, doʻpposlab tan jarohati yetkazgan.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Namangan viloyatida ikki nafar erkakni doʻpposlagan qizga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 2020 yilning 25 iyun kuni sodir boʻlgan. 23 yoshli G.A. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Norin tumani Zarbdor MFY hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida 33 yoshli U.A.ni hech bir sababsiz qasddan qoʻllari bilan urgan. Shuningdek, oyoqlari bilan tepib, doʻpposlab tan jarohati yetkazgan.

V Namanganskoy oblasti devushka izbila dvux mujchin
V Namanganskoy oblasti devushka izbila dvux mujchin

Bundan tashqari, G.A. bezorilik harakatlarini oldini olayotgan 30 yoshli A.N.ga faol qarshilik koʻrsatib, uning yuz qismiga qoʻllari bilan qasddan bir necha marotaba urgan.

Mazkur holat yuzasidan G.A.ga nisbatan Oʻzbekiston JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular