05:26 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
264 0 0

Avvalroq bir ayolning turmush oʻrtogʻi oʻzi yashayotgan xonadonida sababsiz, turli bahonalar bilan uni ayovsiz urib, tan jarohati yetkazgani aks ettirilgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Senat Samarqandda ayolni ayovsiz kaltaklash bilan bogʻliq holat nazoratga oldi.

2020 yilning 20 avgust kuni M.ning turmush oʻrtogʻi SH.oʻzi yashayotgan xonadonida sababsiz, turli bahonalar bilan uni ayovsiz urib, tan jarohati yetkazgani aks ettirilgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, Samarqand shahar IIB tomonidan bugungi kunda M.ga himoya orderi berilgan va maxsus markazga farzandlari bilan birga joylashtirilgan.

“Qolaversa, markazda malakali psixologlar jalb qilinib, psixologik yordam berilayapti, shuningdek, M. toʻliq tibbiy koʻrikdan ham oʻtkazilgan. Barcha zarur dori vositalari olib berilib, sogʻligʻini tiklashi uchun yordam koʻrsatilmoqda. Hozirgi kunda jabrlanuvchi mazkur maxsus markazda 2 nafar farzandi bilan yashab kelmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, M. va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahar IIB tomonidan himoyaga olinib, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilmoqda.

Hozirda uning turmush oʻrtogʻi SH.ga nisbatan Samarqand shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olingan. Tegishli idoralarga ushbu masala qonuniy koʻrib chiqilishi yuzasidan koʻrsatmalar berilgan.

Asosiy mavzular