05:28 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
360 0 0

1 avgust kunidan 7 sentyabr kuniga qadar Andijon viloyatining qator tumanlarida oʻtkazilgan jami 11 ta toʻy marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Andijonda toʻy marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda

Taʼkidlanishicha, joriy yilning 1 avgust kunidan 7 sentyabr kuniga qadar Qoʻrgʻontepa, Marhamat, Asaka, Jalaquduq, Shahrixon hamda Xoʻjaobod tumanlarida oʻtkazilgan jami 11 ta toʻy marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Oʻzbekiston MJtKning 54-modda 2-qismiga asosan maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qonuniy chora koʻrishlik uchun Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga yuborilgan.

Eslatib oʻtamiz, oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat berilgan.

Asosiy mavzular