TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. IIV YHXBB joriy yilda Oʻzbekistonda sodir etilgan YTHning 8 oylik statistikasini eʼlon qildi.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu davrda oʻlim bilan bogʻliq 991 ta YTH sodir etilgan. Bu oʻtgan yilga qaraganda 17,1 foizga kamroq. Tan jarohati bilan bogʻliq YTHlar soni esa 2605 tani tashkil etmoqda.
Shundan 1528 tasi piyoda, 619 tasi bolalar, 471 ta velosiped, 108 ta mototsikl, 112 ta litsenziyasiz taksi, 198 ta boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslar ishtirokida sodir etilgan.
Joriy davrdagi YTHlarning 22,9 foizi - xalqaro yoʻllarda, 48,9 foizi davlat ahamiyatidagi yoʻllarda, 28,2 foizi - mahalliy yoʻllarda roʻy bergan.
Hududlar kesimida eng koʻp — Fargʻona viloyati (550), Toshkent viloyati (429), Toshkent shahrida (396) YTH sodir boʻlgan. Eng kam Sirdaryo viloyatida (91).
Taʼkidlanishicha, YTHning kelib chiqish sabablariga eng koʻp piyoda yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtishi (28,4%), belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (17,1%), velosipedlar yoʻlning qatnov qismida harakatlanishi YTHga olib kelgan.