02:00 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
144 0 0

Samarqand Davlat universiteti prorektori yordamchisi talabaning oʻqishini Urganch Davlat universitetiga koʻchirib berishga vaʼda qilgan. Oʻz xizmati evaziga  800 AQSH dollar soʻragan.

TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Samarqandda prorektor yordamchisi talabadan 800 $ olganida qoʻlga tushdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

BP huzuridagi Departament va IIBning Samarqand shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand Davlat universiteti prorektori yordamchisi U.E. qoʻlga olingan.

Maʼlum boʻlishicha, yordamchi universitet talabasi S.ning ishonchiga kirib, uning oʻqishini Oliy taʼlim vazirligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali, Urganch Davlat universitetiga koʻchirib berishga vaʼda qilgan.

Pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan prorektori yordamchisi U.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilm

Asosiy mavzular