20:20 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
250 0 0

M-39 yoʻlining Jizzax viloyatidan oʻtgan qismida ayanchi YTH sodir boʻldi: bir avtomobil yonib ketdi, 2 kishi qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Kecha 9 sentbyar kuni soat 18:30 larda M-39 "Toshkent - Termez" yoʻlining Jizzax ivloyati Sharof Rashidov tumanidan oʻtgan qismida YTH sodir boʻldi deb xabar qilmoqa Tergov departamenti.

M-39 avtomobil yoʻlining 997 kilometrida “Lacetti” rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib, shu yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan boshqa bir “Lacetti” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga  urilib, yoʻlni boʻlib turgan beton toʻsiqni buzib oʻtib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Kia” rusumli yuk avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, katta tezlikda harakatlanib kelgan “Lacetti” avtomashinasida yongʻin kelib chiqqan, avtomashinada boʻlgan haydovchi va bir nafar yoʻlovchi hodisa joyda vafot etgan, qolgan 3 nafar yoʻlovchilar tibbiy muassasasiga yotqizilgan.

Ikkinchi “Lacetti” yoʻl chetiga chiqib ketgan, mashina haydovchisi va yoʻlovchi tan jarohatlari olmagan. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelgan “Kia” yuk avtomashina haydovchisi ham tan jarohatlari olmagan. 

YTH tafsilotlari aniqlashtirilmoqda, voqea joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

DTP v Djizzake

Asosiy mavzular