05:16 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
347 0 0

Haydovchi yoʻlning oʻrtasida mast holda choponga oʻranib yotgan 20 yoshli A.E.ni ustidan bosib oʻtgan. YTH oqibatida yosh yigit shifoxonada vafot etgan.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida  yoʻlda yotgan 20 yoshli yigitni “Neksiya” bosib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa 11 sentyabr kuni soat 5:30 larda tuman hududidan oʻtgan 4M 503 avtomobil yoʻlining 4-kilometrida sodir boʻlgan. 30 yoshli “Neksiya” avtomobili haydovchisi M.A. yoʻl qatnov qismining oʻrtasida mast holda choponga oʻranib yotgan piyoda 20 yoshli A.E.ni ustidan bosib oʻtgan.

Natijada 20 yoshli A.E. ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular