Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan qizga nisbatan jinoyat ishi tugatildi

Obuna bo‘lish
“Bezorilik” moddasi bilan ochilgan jinoyat ishi JPKning 84-moddasi 5-qismi 2-bandiga asosan tugatilgan.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan Gulsanam Alijonovaga nisbatan jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Norin tuman IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi 5-qismi 2-bandiga asosan jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gulsanam Alijonovaga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan edi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u opasini kuzatishga chiqqanida kalta shorti va futbolkada bo‘lgani uchun masxara qilgan yigitlarga javob qaytargan va sha’nini himoya qilgan.

© Daryo / Toirbek KomiljonovGulsanam Alidjonova
Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan qizga nisbatan jinoyat ishi tugatildi - Sputnik O‘zbekiston
Gulsanam Alidjonova

Gulsanam 23 yoshda, hozirda Namangan davlat universitetining jismoniy madaniyat yo‘nalishi sirtqi bo‘limida, 3-bosqichda tahsil oladi. Oilada 6 nafar farzandning kenjasi. Boks, karate bilan shug‘ullangan. Ikki yildan beri taekvondo WTF bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnashadi. Shu yo‘nalishda O‘zbekiston birinchiligi sovrindoridir.

U so‘nggi paytlarda volontorlikda ham  o‘zini sinab ko‘rgan. Norin tumani homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazida murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyojmand oilalarga yetkazish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0