Surxondaryo o‘rmon xo‘jaligida yirik yong‘in sodir bo‘ldi - video

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPal suxoy travi
Pal suxoy travi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryoning Sherobod tumanidagi o‘rmon xo‘jaligida 50 gektar maydonni qamrab olgan yong‘in sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan yirik yong‘inni bartaraf etdilar, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yong‘in Sherobod tumanidagi “Qiziriq” o‘rmon xo‘jaligi hududidagi “Gurimbuloq” tog‘li maskanida sodir bo‘lgan. Quruq o‘t yonishi sababli hosil bo‘lgan olov 50 ga atrofidagi maydonni qamrab olgan.

Ofatga qarshi kurashga Surxondaryo FVVsining o‘nlab maxsus texnika vositalari shaxsiy tarkib safarbar qilindi. Undan tashqari FVDTga kiruvchi boshqa xizmatlar xodimlari ham yaqindan ko‘maklashdilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 88 moddasiga ko‘ra, dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish uchun BHMning 3 baravaridn 5 baravarigacha jarimaga tortilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0