05:49 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
130 0 0

Taʼkidlanishicha, u muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etganligi uchun 2018 va 2019 yillarda 2 marotaba sudlangan.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Qarshida abituriyentlarga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan onkolog va pedagog pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati markazidagi oilaviy poliklinikada onkolog shifokor boʻlib ishlash bilan bir qatorda Qarshi Davlat universitetida oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritib, talabalarga saboq berib kelgan shaxs aldov yoʻli bilan oʻzgalarning pul mablagʻini oʻzlashtirmoqchi boʻlgan.

U goʻyoki yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari borligini roʻkach qilib, bir abituriyentni Qarshi davlat Universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 ming dollar, ikkinchi abituriyentni M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston Davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish uchun 2 ming dollar, jami 7 ming dollar olgan vaqtida bilan ushlangan.

Taʼkidlanishicha, u muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etganligi uchun 2018 va 2019 yillarda 2 marotaba sudlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular