03:10 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
389 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda ichki ishlar organlari xodimi tomonidan shifokor kaltaklanganligi haqida xabar tarqaldi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. IIV axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil 11 sentyabr kuni “Andijonda shifokor IIB xodimi tomonidan kaltaklandi” sarlavhasi ostida videolavha boʻyicha maʼlumot berdi.

Ushbu videolavhada IIB xodimi navbatsiz tekshiruvdan oʻtishni hoxlagani, natijada janjal yuzaga kelib, u tomonidan shifokor kaltaklangani aytilgan. 

Andijon viloyati IIB axborot xizmatining bergan maʼlumotiga koʻra, 2020 yil 29 avgust kuni soat 13:30larda tuman IIB profilaktika inspektoriga Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikada janjal boʻlganligi haqida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, mazkur poliklinika umumiy amaliyot shifokori fuqaro O.YU. shu kuni ish faoliyatini olib borayotgan vaqtida Andijon tumani Kengash MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Gʻ. jiyani M.A.ning sogʻligʻi yomonlashganligi uchun uni tibbiy koʻrikka olib kelgan. Soʻngra haqiqatdan navbat talashib, fuqaro va shifokor oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik va janjal kelib chiqqan. Shifokorning tushuntirishiga koʻra mazkur holat yuzasidan unda hech kimga nisbatan daʼvosi yoʻq, kelishmovchilik oqibatida tan jaroxati olmagan.

Oʻz navbatida, ikkinchi tomon M.Gʻ. ham ikki tomonlama janjal oʻzaro tushunmovchilik natijasida kelib chiqqanligini, shifokordan kechirim soʻrab, tartibsizlik qilganidan pushaymon ekanligini, xozirda shifokorga nisbatan eʼtirozi yoʻqligini, tan jarohati olmaganligini bayon qilgan.

Tomonlar va guvohlarning koʻrsatmalari hamda ish boʻyicha toʻplangan materiallar huquqiy baholanib, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. 

Vazirlik xabarida yozilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari mazkur kelishmovchilikda ishtirok etishmagan.

Shu bilan birga, viloyat IIB axborot tarqatuvchi televizion kanallar va ayrim ijtimoiy tarmoqlardan, jamoatchilikka eʼlon qilinayotgan maʼlumotlarni tekshirib, xolisligiga ishonch hosil qilganidan soʻng aholiga yetkazishlarini soʻragan.

“Tekshirilmagan va yolgʻon axborotni, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini obroʻsizlantirishga qaratilgan maʼlumotlarni tarqatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini unutmasliklarini soʻrab qolamiz”, - deyilgan xabar soʻnggida.

Bosh prokuratura hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular