19:59 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
343 0 0

Xonanda Vohidjon Isoqovning toʻyida 50 nafardan ziyod mehmon ishtirok etgan. Qoidabuzarlik uchun u 1 115 000 soʻm jarimaga tortildi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Toshkentda xonanda Vohidjon Isoqov karantin qoidalariga amal qilmay oʻtkazgan toʻyi uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Avvalroq internetda poytaxtning Shayxontohur tumanida amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda oʻtkazilgan toʻy tadbiri haqida xabar tarqalgan edi. Foto va videolarda mehmonlar soni 50 nafardan oshganini koʻrish mumkin.

“SEX ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Vhxidjon I. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54 moddasiga koʻra jarimaga tortildi. Unga BHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi”, - deyilgan xabarda.

IIBB fuqarolardan sanitariya-epidemiologiya talablariga jiddiy qarashni soʻragan va turli marosimlar fuqarolar va ularning yaqinlarining hayotini xavf ostiga qoʻyish uchun sabab boʻla olmasligini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat berilgan.

Asosiy mavzular