Jizzaxda 9-sinf o‘quvchisi dars paytida to‘satdan vafot etdi

© AFP 2023 / TOBIAS SCHWARZShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanishining birinchi kunida 9-sinf o‘quvchisi dars vaqtida to‘satdan vafot etdi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanishining birinchi kunida 9-sinf o‘quvchisi dars vaqtida to‘satdan vafot etdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 3-soat  informatika darsida yuz bergan. Dars tugashiga 15 daqiqa qolganda o‘quvchi qiz hushidan ketgan.

Maktab direktori o‘rinbosari Dilnoza Hotamovaning so‘zlariga ko‘ra, dars vaqtida vafot etgan 9-“v” sinf o‘quvchisining holati ertalab maktabga kelganida juda yaxshi, tana harorati ham joyida bo‘lgan. Barcha o‘quvchilar qatorida antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.

Shu kuni “Xavaslik” Qishloq vrachlik punkti shifokoralari 1-sinf o‘quvchilarini emlash uchun maktabga kelgan bo‘lgan. Ular xushidan ketgan o‘quvchi qizga birinchi yordam ko‘rsatishgan.

Voqea joyida bo‘lgan QVP shifokori Shahboz Usmonov qizda birinchi hayotlik belgilarini tekshirib, hech qanday belgi ko‘rinmagan bo‘lsa-da, unga o‘pka-yurak reanimatsiyasini amalga oshirgan.

15 daqiqalik reanimatsiya harakatidan keyin ham bemorda hayotlik belgilari tiklanmagan. Bundan tashqari, o‘quvchi qizga tashqi yurak massaji qilingan va sun’iy nafas berib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo buning foydasi bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, o‘quvchi qizning to‘satdan vafot etishi yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan surishtiruv va ekspertiza ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi ikkita maktab ochilganidan ikki kun o‘tib o‘qituvchilarda koronavirus aniqlangani bois karantinga yopilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0