TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Samarqand viloyati Paxtachi tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida ikki kishi qurbon boʻldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Hodisa 16 sentyabr kuni tumandagi “Yobu” mahallasi hududidan oʻtgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobil yoʻlining 139 km.da roʻy bergan.
“ISUZU” rusumli yuk mashinasi haydovchisi 26 yoshli I.R. “Lasetti” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan kelib urilgan.
Natijada “Lasetti” yoʻlovchisi 70 yoshli H.X. olgan tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan. Avtomashina yoʻlovchilari 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli A.B.lar (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilganlar. Ammo koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.
Mazkur holat Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.