22:39 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
513 0 0

Dastlabki maʼlumotga koʻra, marhumaning oʻlimiga oʻtkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Bosh prokuratura Jizzaxda dars paytida toʻsatdan vafot etgan oʻquvchi haqida bayonot berdi.

Taʼkidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Dastlabki maʼlumotga koʻra, marhumaning oʻlimiga oʻtkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab boʻlgan.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumtaʼlim maktabida oʻquv yilining ilk kunida 9-sinf oʻquvchisi dars vaqtida toʻsatdan vafot etganligi haqida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular