TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkentda fuqaroning avtomobilini yoqib yuborgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 19 sentyabr kuni soat Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 19 yoshli Sitora G. 23 yoshli Asilbek N.ga tegishli boʻlgan "Jentra" rusumli avtomobilni yoqib yuborgani haqidagi xabar kelib tushgan.
Tergovoldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, vaqtinchalik Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi oʻrtasida maʼlum vaqt muhabbat boʻlgan.
Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini vaʼda qilgan, ammo vaʼdasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan.
Hodisa tafsilotlari oʻrganilmoqda.