22:17 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
96 0 0

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi Parkent tumani hokimligi “Captiva” avtomobilini 260 mln soʻmga sotib olgani toʻgʻrisidagi xabarlarga eʼtibor qaratdi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan “Captiva” rusumli avtomobil sotib olingani toʻgʻrisidagi xabar yuzasidan Bosh prokuraturaga soʻrovnoma yubordi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kuni kecha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan “Mega Karer” MCHJdan “Captiva” avtomobili 260 mln soʻmga sotib olingani toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan edi. Xabarda sotuvchi va sotib oluvchi mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlik aloqalariga alohida urgʻu berilgan.   

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, haqiqatdan ham Parkent tumani hokimligi “Captiva” xarid qilgan va vositachi korxona taʼsischilaridan biri tuman hokimining oʻgʻli ekanligini tasdiqlagan.

“Yuqoridagi harakatlarda davlat hokimiyati vakilining oʻz mansabidan foydalangan holda korruptsiyaga yoʻl qoʻyish alomatlari mavjudligini inobatga olib, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazishni soʻrab Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga soʻrovnoma yubordi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda holat yuzasidan OAV va keng jamoatchilikka batafsil maʼlumot berilishi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular