00:35 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
207 0 0

Ikki IIB profilaktika inspektori qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish moddasi boʻyicha oqlandi. Ayblanuvchilar 5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida gumonlanuvchini kaltaklab, oʻldirib qoʻygan IIB xodimlariga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yanvar oyida Chiroqchi tumanining Langar qishlogʻida yashovchi fuqaro YU. A. chorva mollari oʻgʻirligida gumon qilinib, tuman IIB xodimlari tomonidan qattiq kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi.

21 sentyabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati ushbu jinoyat boʻyicha hukm chiqardi:

  • N. Ovlayev (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshligʻi lavozimida ishlagan) Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash) 3-qismi va 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor aybdor deb topildi. Unga oʻtash uchun uzil-kesil 2 yil 6 oy ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • A. Janqabilov (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga oʻtash uchun uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • SH. Raxmonov (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 3-bandiga asosan oqlandi.

Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismidan shu moddaning 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlariga qayta kvalifikatsiya qilindi. SH. Raxmonov Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga oʻtash uchun uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

  • A. Tojinorov (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismining “d” bandi bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 3-bandiga asosan oqlandi.

Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismidan shu moddaning 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlariga qayta kvalifikatsiya qilindi. A. Tojinorov Jinoyat kodeksining 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga oʻtash uchun uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

  • B. Gʻayratov (Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 241-1-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga oʻtash uchun uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoiy ish boʻyicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Asosiy mavzular