00:39 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
317 0 0

Fuqaro Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Shahina ismli tanishi uni Turkiyaga fohishalik qilishga yuborayotganini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun joʻnatayotgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanali reportajida maʼlum qildi.

12 sentyabr kuni Dilfuza ismli shaxs Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Shahina ismli tanishi uni Turkiyaga fohishalik qilishga yuborayotganini maʼlum qilgan.

Murojaat va olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, Toshkent shahar IIBB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlarisurishtiruv harakatlarini olib borgan.

Dilfuza ismli fuqaro tomonidan aytilgan Shahinaning shaxsiga aniqlik kiritish choralari koʻrilgan.

Oʻzini Shahina deb tanishtirgan shaxs aslida 1990 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan Zokirova Shoyista boʻlib chiqqan. U Dilfuzani 14 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yuborayotgani aniqlandi. 

Zokirova Shoyista yana uch nafar qizni fohishalikka yubormoqchi boʻlganida qoʻlga olingan. U qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Holat yuzasidan Shoyistaga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2 qismi “ye” bandi bilan (Odam savdosi) jinoyat ishi ochilgan. Hozirda uning yana boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Asosiy mavzular