08:09 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
320 0 0

Janjalga pul oldi-berdi masalasi sabab boʻlgan. Ikki fuqaro “raqiblariga” oʻtkir tigʻli jism bilan turli koʻrinishda tan jarohatlari yetkazishgan.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Andijonda bezorilik sodir etishda gumonlanuvchi ikki kishi qoʻlga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 17 sentyabr kuni Marhamat tumani “Qoʻrgʻoncha” MFYdagi Qoʻrgʻoncha koʻchasida sodir boʻlgan. 39 yoshli M.O. va 31 yoshli B.O.lar bir boʻlib, muqaddam oʻrtalarida boʻlib oʻtgan pul oldi-berdi masalasida 54 yoshli M.D., 31 yoshli J.D. va 17 yoshli J.R.lar bilan oʻzaro janjallashishgan.

Hech bir sababsiz qoʻlida boʻlgan oʻtkir tigʻli jism bilan ularga turli koʻrinishda tan jarohatlari yetkazishgan.

Hodisa joyidan 2 dona xoʻjalik pichogʻi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

M.O. va O.B. ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular