13:35 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
294 0 0

Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. Qoʻqonda bir guruh jinoyatchilar "Tracker" avtomashinasini olib qochdi, deb xabar bermoqda Fargʻona viloyati IIB axborot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, hodisa 19 sentyabr kuni roʻy bergan. Bir shaxs va bir ayol shahardagi koʻp qavatli uy oldidan boshqa kishiga tegishli "Tracker" rusumli avtomashinasini olib qochib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tadbirlar davomidi Qoʻqon shahar, A.Navoiy mavzesi 90-sonli koʻp qavatli uylar yonidan avtomashina soz xolda davlat raqamlari avtomashina yukxonasidan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi "b" bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyatchilardan biriga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Asosiy mavzular