22:15 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
186 0 0

Niqob taqqan yigitlar jabrlanuvchi va uning 22 va 3 yoshli qizlarini pichoq bilan qoʻrqitib, pul talab qilganlar. Ularni urib, yuz va tanalariga jarohat yetkazishgan.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Jizzax shahrida fuqaro oʻzining tanishlari bilan sobiq turmush oʻrtogʻi va qaynonasini tunashni uyushtirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bosqinchilik 12 sentyabrga oʻtar kechasi soat 3.30larda Xalqobod mahallasida sodir etilgan. 3 nafar niqob taqqan yigitlar 48 yoshli F.M.ning uy devoridan oshib kirgan. Jabrlanuvchi va uning 22 va 3 yoshli qizlarini pichoq bilan qoʻrqitib, pul talab qilganlar. Bosqinchilar jabrlanuvchilarni urib, yuz va tanalariga jarohat yetkazishgan.

Ular uydagi temir seyfni buzib, 207 ming dollar, 3 dona tilla bilakuzuk, 5 dona tilla uzuk, 2 dona tilla zirak, 2 dona tilla zanjirni olib chiqib ketishgan. F.M.ga yetkazilgan zarar 267 ming dollarni tashkil qildi.     

Jabrlanuvchi bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bergan va tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Jumladan, pul va tilla buyumlar borligidan xabardor kishilarning jinoyat roʻy bergan vaqtda qayerda boʻlganligi aniqlandi. Tilla taqinchoqlari sotilishi mumkin boʻlgan joylarga eʼtibor qaratildi. Hududdagi videokameralar tasvirlari oʻrganilib, muqaddam sudlanganlar, jinoyatga moyil shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

Natijada turar joyda pul va taqinchoqlar saqlanayotganligini Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar dahasida yashovchi 24 yoshli A.X. yaxshi bilgani aniqlangan. Chunki u jabrlanuvchining katta qizi bilan bir muddat shaʼriy nikoh asosida yashagan.

Sobiq kuyov bilan uning toʻrt nafar sheriklari qoʻlga olingan. Aniqlanishicha, ularning barchasi muqaddam sudlangan. Bosqinchilikda Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish dahasida yashovchi 27 yoshli S.X., uning 26 yoshli qoʻshnisi SH.R., Toshkent viloyati Zangiota tumani “Nazarbek” QFYda yashovchi 25 yoshli A.A. hamda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorbogʻ qoʻrgʻonida yashovchi, 25 yoshli A.U.lar ishtirok etgan.

Ayblanuvchilar hibsga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular