21:07 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
143 0 0

Haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻlni kesib oʻtayotgan qizaloqni urib yuborgan. Natijada, piyoda D.Axmadaliyeva tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Namanganda avtohalokat oqibatida 6 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, hodisa 24 sentyabr kuni kunduzi roʻy bergan.

"Kosonsoy-Namangan" yoʻlining 1 kilometrida "Neksiya" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda 6 yoshli qizaloqni urib yuborgan.

Natijada, piyoda D.Axmadaliyeva tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridgi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam oʻlishiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mazkur modda haydovchining muayyan huquqdan mahrum qilinib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishini koʻzda tutadi.

 

Asosiy mavzular