09:40 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
57301

Ayol tanishini Sankt-Peterburgdan Dubayga chaqirib oladi. Vaʼda qilingan oshpazlik ishi oʻrniga ijaraga olingan uyida uni fohishalik bilan shugʻullanishga majbur qiladi.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida odam savdosi bilan shugʻullangan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 36 yoshli surxondaryolik ayol A.N. BAAning Alayn shahrida yurgan vaqtida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlgan tanishi 29 yoshli samarqandlik G.M.ga oshpaz yordamchisi boʻlib ishlashni taklif qilgan. “Olmaota-Dubay” yoʻnalishiga chipta xarid qilib, uni Dubay shahrida kutib oladi.

Yoʻl xarajatlariga 2000 dollar sarflaganligini aytib, tanishining fuqarolik pasportini olib qoʻyadi. Vaʼda qilingan oshpazlik ishi oʻrniga Alayn shahridagi ijaraga olingan uyida uni fohishalik bilan shugʻullanishga majbur qiladi.

Samarqand viloyati IIB Transportda JXT boʻlimi huzuridagi TB tomonidan 2017 yilning 18 may kuni N.A.ga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismiga (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hududiylik boʻyicha Surxondaryo viloyati IIBga yuboriladi va Shoʻrchi tuman IIB tomonidan ayol qidiruvga beriladi.   

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida A.N. shu yilning 25 sentyabr kuni BAAdan “Dubay-Toshkent” yoʻnalishli aviareysi orqali olib kelingan va tegishli ichki ishlar idorasiga topshirilgan.

Asosiy mavzular