21:57 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
159 0 0

Haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiz oʻzidan oldindagi mashinani quvib oʻtishga uringan. Natijada u bilan toʻqnashgan va qarama-qarshi yoʻlga oʻtib ketgan.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkentda 16 yoshli qiz sodir etgan yoʻl-transport hodisasida 14 yoshli bola qurbon boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

YTH 27 sentyabr kuni soat 20:00 larda Toshkent shahar Uchtepa tumani 35-uy qarshisida sodir boʻlgan. Haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli SH.N. “Spark”ni boshqarayotib, oʻzidan oldindagi “Neksiya” quvib oʻtishga uringan. Natijada u bilan toʻqnashgan va qarama-qarshi yoʻlga oʻtib ketgan. U yerda esa “Lasetti” bilan toʻqnashgan.

Natijada “Spark” yoʻlovchisi 14 yoshli A.N. shifoxonaga olib ketilayotganda yoʻlda vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi 16 yoshli SH.N. va “Lasetti” haydovchisi 46 yoshli A.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular