17:41 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
145 0 0

Chaqaloq 27 sentyabr kuni Termiz shahridagi 12-mehribonlik uyining darvozasi tagiga tashlab ketilgan. Hozircha uni kim tashlab ketgani maʼlum emas.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida post-patrul xizmati xodimi koʻchaga tashlab ketilgan yangi tugʻilgan chaqaloq (qiz)ni topib oldi. Bu haqda “Zamon” dasturida maʼlum qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, chaqaloq 27 sentyabr kuni Termiz shahridagi 12-mehribonlik uyining darvozasi tagiga tashlab ketilgan. Shu hududdagi ichki ishlar xodimi ertalab soat 06:00 larda darvoza tagidagi qopdan chaqaloqni topib oladi va darhol tez tibbiy yordamga xabar beradi.

Shundan soʻng tez yordam xodimlari kelib, chaqaloqni viloyat perinatal markaziga olib ketishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Post-patrul xizmati xodimining soʻzlariga koʻra, hozircha chaqaloqni kim tashlab ketgani maʼlum emas.

“Chaqaloqni kim tashlab ketgani boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deydi PPX xodimi Sarvar Qurbonov.

Asosiy mavzular