Toshkentda “Lacetti” haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi

© Press-slujba GUBDD MVDV Tashkente ne podchinivshiysya trebovaniyu sotrudnika DPS voditel protaranil 6 mashin i vrezalsya v stolb
V Tashkente ne podchinivshiysya trebovaniyu sotrudnika DPS voditel protaranil 6 mashin i vrezalsya v stolb - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda inpektordan qochib tezlikni oshirgan haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazdi. So‘ngra oxirida yo‘l o‘rtasidagi simog‘ochga borib urildi.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Toshkentda “Lacetti” haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi 1-oktabr kuni soat 14:00 larda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh va Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida ro‘y bergan.

© Press-slujba GUBDD MVDV Tashkente ne podchinivshiysya trebovaniyu sotrudnika DPS voditel protaranil 6 mashin i vrezalsya v stolb
Toshkentda “Lacetti” haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente ne podchinivshiysya trebovaniyu sotrudnika DPS voditel protaranil 6 mashin i vrezalsya v stolb

Ma’lum qilinishicha, xizmat olib borayotgan YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan 30 yoshli haydovchi T.A. harakatini davom ettirib, Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlangan. Oqqo‘rg‘on-Mustaqillik shoh ko‘chalari kesishmasiga yetgan vaqtida o‘zidan oldinda bo‘lgan “Matiz”, “Cobalt”, “Hyundai”, “Nexia”, “Spark” va “Damas” avtomobillariga texnik shikast yetkazgan. Shundan so‘ng yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagini ajratib turuvchi qismida, tungi vaqtda yoritish uchun o‘rnatilgan simog‘ochga urilib to‘xtagan.

© Press-slujba GUBDD MVDV Tashkente ne podchinivshiysya trebovaniyu sotrudnika DPS voditel protaranil 6 mashin i vrezalsya v stolb
Toshkentda “Lacetti” haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente ne podchinivshiysya trebovaniyu sotrudnika DPS voditel protaranil 6 mashin i vrezalsya v stolb

Xabarda YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ta’kidlangan.

© Press-slujba GUBDD MVDV Tashkente ne podchinivshiysya trebovaniyu sotrudnika DPS voditel protaranil 6 mashin i vrezalsya v stolb
Toshkentda “Lacetti” haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazib, simog‘ochga borib urildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente ne podchinivshiysya trebovaniyu sotrudnika DPS voditel protaranil 6 mashin i vrezalsya v stolb

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari dastlabki surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0