TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Fargʻona viloyati Rishton tumanida “Hyundai” rusumli ekskavator va “Sobalt” avtomashinasi ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
YTH 22 sentyabr kuni Temiryoʻl 2 koʻchasida sodir boʻlgan. T.I. boshqaruvidagi “Hyundai” rusumli ekskvatorida mahalliy yoʻldan chap tomonga qayrilib olayotganda “Sobalt” bilan toʻqnashib ketgan. Natijada “Sobalt” yoʻlovchisi R.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.