Samarqanddagi dahshatli YTHda uch kishi qurbon bo‘ldi, ikki kishi kasalxonada

© Sledstvenniy departament pri MVD RUzV strashnom DTP v Samarkandskoy oblasti pogibli 3 cheloveka, yeshe 2 v bolnitse
V strashnom DTP v Samarkandskoy oblasti pogibli 3 cheloveka, yeshe 2 v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Takuma” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi o‘rtadagi beton to‘siqqa borib urilgan. YTH natijasida haydovchi va uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Samarqand viloyati Narpay tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 04-oktabr kuni soat 20:30 da Narpay tuman “Oqoltin” MFYda hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nukuks”  M-37 avtomobil yo‘lining 96 km.da sodir bo‘lgan. Qoraqalpog‘istonlik 42 yoshli haydovchi Z.B. “Takuma” avtomashinasi bilan harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotgan. Keyin yo‘lni ajratib turuvchi o‘rtadagi beton to‘siqqa borib urilgan.

© Sledstvenniy departament pri MVD RUzV strashnom DTP v Samarkandskoy oblasti pogibli 3 cheloveka, yeshe 2 v bolnitse
Samarqanddagi dahshatli YTHda uch kishi qurbon bo‘ldi, ikki kishi kasalxonada - Sputnik O‘zbekiston
V strashnom DTP v Samarkandskoy oblasti pogibli 3 cheloveka, yeshe 2 v bolnitse

YTH natijasida haydovchi Z.B., va yo‘lovchi 26 yoshli N.A.lar voqea joyida, boshqa bir yo‘lovchi 37 yoshli M.S. esa olgan tan jarohatlari tufayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shuningdek, avtomashinada bo‘lgan yana ikki nafar yo‘lovchilar 41 yoshli X.Q. va uning ukasi J.Q.lar turli xildagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

© Sledstvenniy departament pri MVD RUzV strashnom DTP v Samarkandskoy oblasti pogibli 3 cheloveka, yeshe 2 v bolnitse
Samarqanddagi dahshatli YTHda uch kishi qurbon bo‘ldi, ikki kishi kasalxonada - Sputnik O‘zbekiston
V strashnom DTP v Samarkandskoy oblasti pogibli 3 cheloveka, yeshe 2 v bolnitse

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0