12:45 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
138 0 0

Qurilishda oqava suvlari uchun xandaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda tuproq qatlami koʻchib, fuqaro M.M. ustiga tushib ketadi. Qutqaruvchilar fuqaroni hayotini saqlab qolishdi.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Toshkent viloyatidagi qurilishda bir fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa Bekobod tumani, Dalvarzin mahallasi hududida yangi barpo etilayotgan qurilish obʼyektida roʻy bergan.

Voqea ushbu qurilish obʼyektining oqava suvlari uchun xandaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, mazkur xandaqni qazish ishlari yer sathidan 4 metr chuqurlikka yetganda, tuproq qatlami koʻchib, fuqaro M.M. ustiga tushib ketadi.

Intsident na stroyploщadke v Tashkentskoy oblasti: rabochiy okazalsya pogreben pod zemley
Intsident na stroyploщadke v Tashkentskoy oblasti: rabochiy okazalsya pogreben pod zemley

Hodisaga guvoh boʻlgan quruvchilar Toshkent viloyati Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib, sodir boʻlgan vaziyat haqida xabar bergan.

Zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni chuqurlikdan olib chiqib, tibbiy yordam xizmatiga topshirgan.

Asosiy mavzular