09:41 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
126 0 0

YTHga guvoh boʻlgan boshqa bir haydovchining soʻzlariga koʻra, oʻsmir bir kilometr masofada mashinani goh oʻngga, goh chapga olib, orqadan kelayotgan transport vositalarining harakatini cheklab kelgan.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 9-sinf oʻquvchisi yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, oʻquvchining onasi oʻgʻliga avtomobil kalitini ishonib topshirgan, yigitcha esa ikki nafar sinfdosh qizni avtomobilda sayr qildirmoqchi boʻlgan.

YTHga guvoh boʻlgan boshqa bir haydovchining soʻzlariga koʻra, oʻsmir bir kilometr masofada mashinani goh oʻngga, goh chapga olib, orqadan kelayotgan transport vositalarining harakatini cheklab kelgan. Orqadan kelayotgan haydovchi toʻxtash ishorasini berganidan keyin oʻsmir boshqaruvni yoʻqotib, avtomobil yoʻldan chiqib ketgan. Guvohning soʻzlariga koʻra, avtomobil salonida ikki nafar qiz bola, ularning qoʻlida esa yosh bola boʻlgan.

Voqea joyiga kelgan oʻsmirning otasi oʻgʻlini odamlar oldida urishni boshlagan. Oʻsmirning aytishicha, u mashinani avval ham haydab kelgan.

Jizzax viloyati IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilovning maʼlum qilishicha, mazkur YTH Paxtakor—Zafarobod avtomobil yoʻlining 72-kilometrida sodir boʻlgan. Oʻquvchining avtomobil boshqarish uchun yetarli malakasi boʻlmagani sababli boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilgan va yoʻldan chiqib ketgan. Baxtli tasodif tufayli avtomobilda boʻlgan haydovchi va yoʻlovchilar jarohat olmagan.

Asosiy mavzular