Parkent hokimining “Captiva” sotib olish to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilindi

© WikipediaChevrolet Captiva
Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Captiva” avtomobili 260 mln so‘mga sotib olgan Parkent tuman hokimining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati Parkent tumani hokimligining harakatlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari aniqlanganligi holati yuzasidan ma’lumot berdi.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Parkent hokimligi xarid qilgan “Captiva” yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rov yuborildi

Avvalroq agentlik Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligining “Mega Karer” MChJdan “Captiva” rusumli avtomashina sotib olinganligi holati yuzasidan Bosh prokuraturaga tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha so‘rov yuborgan edi.

Ushbu masala yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan Parkent tuman hokimining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari o‘tkazilgan.

Tekshirishlar davomida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talabi buzilgani, xususan, avtomashina sotib olishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

“Natijada tuman hokimining avtomashina sotib olish to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilingan va “Mega Karer” MChJ tomonidan 260 mln. so‘m pul mablag‘lari tuman hokimligi hisob raqamiga qaytarib o‘tkazib berilgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0