12:43 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (64)
387 0 0

Hozirda aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. “Sardoba ishi” boʻyicha bugungi kunda 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov maʼlum qildi.

"Sardoba" ishi boʻyicha ikki kishi qamoqqa olindi - Bosh prokuratura

Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan toʻgʻonning loyihalanishi, qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan hajmda suv toʻplanishi jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor 17 nafar shaxs, jumladan, buyurtmachi “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK, loyihachi “UzGip” MCHJ, bosh pudratchi – “Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj” UK, pudratchi tashkilotlar “Rezaksoy suv qurilish” UK, “Omad Dubl” MCHJ, “Sariosiyo qurilish” MCHJ, “Trans Servis Kompleks” MCHJ, “Toʻpalang Sherobod” SHK, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direktsiyasi mansabdor shaxslarining bir guruhi tegishli (167, 203, 205, 207, 209, 258) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka jalb qilingan.

Ayblanuvchilarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Jinoyat ishi doirasida tegishli idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan oʻlchov va taftish ishlari davom ettirilmoqda. Aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Sardoba” suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi holati boʻyicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (64)

Asosiy mavzular