18:57 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
355 0 0

Koronavirusga chalingan bemorlarga yordam koʻrsatish markazida kislorod balloni portladi. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Koronavirusga chalingan bemorlarga yordam koʻrsatish markazida portlash yuz berdi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

"Bugun 7 oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infektsiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir boʻldi", - deyiladi xabarda.

Hosil boʻlgan kinetik zarba toʻlqinidan bino oynalari parchalanib, bir nafar fuqaroga tan jarohati yetgan.

Taʼkidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga koʻchirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Asosiy mavzular