21:30 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
49010

1988 yilning 5 oktyabr kuni sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi. Jinoyatchi qotillik paytida 26 yoshda boʻlgan. Erkak ayolning uyiga kirgach, unga jinsiy aloqa qilishni taklif etgan. Ayol esa bu taklifni rad etgan va oʻrtada janjal yuzaga kelgan.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Buxoro viloyatining Buxoro shahrida 1988 yilning 5 oktyabr kuni sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni 1962 yilda tugʻilgan fuqaro M.B. sodir etgan. U qotillik sodir etilgan paytda 26 yoshda boʻlgan.

Jinoyati fosh boʻlgan fuqaroning aytishicha, u qotillik qurboni boʻlgan, 1933 yilda tugʻilgan ayolning uyiga ayolning taklifi bilan kirgan. Erkak ayolning uyiga kirgach, unga jinsiy aloqa qilishni taklif etgan. Ayol esa bu taklifni rad etgan va oʻrtada janjal yuzaga kelgan. Janjal vaqtida erkak jahl ustida ayolning qorin va koʻkrak qismlariga 3-4 marta pichoq urgan.

Bu jinoyatdan keyin M.B. yana uch marta qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlangan. U 1993 yilda eski tahrirdagi Jinoyat kodeksining 15-81-moddasi (Qasddan ogʻir tan jarohati yetkazish), 1996 yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (Oʻgʻrilik), 2005 yilda 169-moddaning 1-qismi (Oʻgʻrilik) bilan ayblangan.

Maʼlum boʻlishicha, M.B. qotillik sodir etish bilan birga, ayolning uyidagi bir nechta tilla taqinchoqni oʻgʻirlab ketgan va jinoyat joyida uning barmoq izlari qolgan.

Romitan tumanida yashovchi fuqaroning 32 yil avval sodir etgan jinoyatini fosh etishda uning hodisa joyida qoldirilgan barmoq izlari yordam berdi. Buxoro viloyat IIB Ekspert-kiriminalistika boʻlimi tomonidan 2020 yilning sentyabr oyida avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsion tizim orqali barmoq izlari tekshirilgan. Oʻtkazilgan kriminalistik oʻrganishlar barmoq izlari fuqaro M.B.ga tegishli ekani oydinlashgan.

Buxoro shahar prokuraturasi ushbu jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlarini qayta tikladi. M.B. bilan olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida fuqaro sodir etgan jinoyatiga toʻliq iqrorligini aytgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular