13:55 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
445 0 0

Bir oilaning 10 nafar aʼzosi va shu xonadonda qurilish ishlarini olib borayotgan 5 nafar ustalar tovuq goʻshtidan zaharlandi.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Samarqand viloyatida tovuq goʻshtidan kabob isteʼmol qilgan 15 nafar shaxs zaharlandi. Bu haqda IIV Birlashgan tahririyati maʼlum qildi.

5 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialiga 15 nafar shaxs “metgemoglobin hosil qiluvchi birikmalardan zaharlanish” tashxisi bilan murojaat qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, shu kuni soat 05:30 larda Samarqand shahrida yashovchi, 33 yoshli O. T. xonadonida uy sharoitida tovuq goʻshtidan kabob taomini tayyorlagan. Shu taomdan oʻzi bilan birga yashovchi 10 nafar oila aʼzolari: turmush oʻrtogʻi, farzandlari, onasi, kelinoyisi, jiyanlari va shu xonadonda qurilish ishlarini olib borayotgan 5 nafar ustalar isteʼmol qilishgan. Birozdan soʻng oʻzlarini yomon his qilishgach, tez yordamga qoʻngʻiroq qilishgan.

Ularga tibbiy yordam koʻrsatilib, davolash ishlari olib borilgan. Hozirda tegishli soha xodimlari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular