TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yoshilishicha, bugun soat 8:49 da tumandagi Farhod koʻchasida joylashgan “Uchtepa Outlet Centre” savdo majmuasida yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin natijasida majmuaning ichki va tom qismi 1500 kv.m maydonda yongan. Yongʻin-qutqaruv jangovar boʻlinmalari manzilga soat 8:54 da yetib borgan va koʻrilgan tezkor choralar natijasida yongʻin soat 9:54 da toʻliq bartaraf etilgan. Yongʻin joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Yongʻin sabablari va yongʻindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.