23:27 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
252 0 0

Ot fermasida tashkil etilgan xoʻroz oʻyinlarida jami 124 nafar shaxslar qoʻlga olindi. Xoʻrozlar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida tavakkalchilikka asoslangan xoʻroz oʻyinlari tashkil qilgan 120 dan ortiq shaxslarga chora koʻrildi. Bu haqda viloyati IIBB axborot xizmati xabar qildi.

9 oktyabr kuni soat taxminan 00:30 larda “Oʻrtasaroy” MFY hududidagi ot fermasida karantin qoidalari qoʻpol ravishda buzilishi va noqonuniy xoʻroz oʻyini tashkil etilayotgani aniqlangan. Ichki ishlar xodimlaridan iborat maxsus guruh tuzilgan va voqea joyi tekshirilgan.

U yerda haqiqatdan ham 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirokida xoʻroz oʻyini tashkil etilganligi aniqlangan. Shuningdek, ferma hovlisida xizmat koʻrsatayotgan noqonuniy savdo shoxobchasida isteʼmol uchun olib kelingan mahsulotlar mutlaqo sanitariya qoidalarga javob bermasligi maʼlum boʻlgan.

Natijada oʻyinlarda ishtirok etayotgan jami 124 nafar shaxslar qoʻlga olingan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Oʻyin uchun olib kelingan xoʻrozlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Bundan tashqari, ushbu shaxslar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasini qoʻpol ravishda buzganliklari uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv olib borilmoqda.

Asosiy mavzular