Sirdaryoda fuqaro qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimini pichoqlab o‘ldirdi

Obuna bo‘lish
“Sirdaryotumangaz” MChJ metrologiya bo‘limi boshlig‘i va fuqaro o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjalda dastlab gaz idorasi xodimi pichoq bilan fuqaroning chap ko‘krak qafasiga bir marotaba urgan.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Sirdaryo viloyatida fuqaro qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimini pichoqlab o‘ldirdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gaz idorasi xodimiga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazilganligi natijasida voqea joyida vafot etgani haqida xabar tarqalgan edi.

Noj v ruke. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda fuqaro tungi klub oldida 4 kishini pichoqladi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 9 okabr kuni taxminan soat 18:00 larda “Sirdaryotumangaz” MChJ metrologiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Q. Sirdaryo tumani, “Do‘stlik” MFY, Bodomzor ko‘chasida yashovchi fuqaro K.F.ning yashash xonadoniga gaz iste’moli uchun qarzdorlikni undirish maqsadida kelgan.

Shu jarayonda ular o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro janjal oqibatida dastlab gaz idorasi xodimi Sh.Q. pichoq bilan K.F.ning chap ko‘krak qafasiga bir marotaba urgan. So‘ngra K.F. undan pichoqni olib qo‘yib, Sh.Q.ning turli joylariga bir necha marotaba pichoq urib tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda Sh.Q. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan K.F.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tergov harakatlari Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0