21:54 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
380 0 0

Jinoiy guruh aʼzolari jinoyatlarni puxta reja asosida may, avgust va sentyabr oylarida sodir etgan. Ular 7 ta mahallada aholining 12 bosh mollarini oʻgʻirlagan.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida chorva mollarini oʻgʻirlashga “ixtisoslashgan jinoiy guruh”ning 12 jinoyati bir vaqtda fosh etdi.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga koʻra, ular 7 ta mahallada aholining 12 bosh mollarini oʻgʻirlagan.

Jumladan, navbatdagi tadbir davomida “Darxon” mahallasi hududidan uch nafar nomaʼlum shaxslar shu yerda yashovchi fuqaroga tegishli, taxminiy narxi 7 million soʻm boʻlgan bir bosh qora molni oʻgʻirlab ketayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olingan.

Ushlangan shaxslar – Oʻrta Chirchiq tumani “Mayramkoʻl” mahallasida yashovchi 26 yoshli, A.T. va uning sheriklari 25 yoshli SH.SH. hamda 36 yoshli SH.SH lar ekanligi, ular jinoyatlarni puxta reja asosida may, avgust va sentyabr oylarida sodir etganligi aniqlangan.

V Urtachirchikskom rayone zaderjana organizovannaya prestupnaya gruppa, podozrevayemaya v serii kraj skota
V Urtachirchikskom rayone zaderjana organizovannaya prestupnaya gruppa, podozrevayemaya v serii kraj skota

Shu vaqt oraligʻida ular tomonidan yettita mahalla hududidan oʻgʻirlangan 11 bosh qora mol va 1 bosh qoʻchqor ashyoviy dalil sifatida olinib, oʻz egalariga tilxat asosida qaytarilgan.

Mazkur holatlar ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular