Termizda restoranda 2 yashar o‘g‘lini sotayotgan ota qo‘lga olindi

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanZaderjan otes pitavshiysya prodat svoyego dvux godovalogo rebenka za 5000 dollarov SShA
Zaderjan otes pitavshiysya prodat svoyego dvux godovalogo rebenka za 5000 dollarov SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota o‘z farzandini salkam 5 ming dollarga pullayotgan vaqtida ushlandi. Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi fuqaroning o‘z xohishi bilan sotganligi to‘g‘risidagi tilxati rasmiylashtirib olindi.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘z farzandini sotayotgan ota jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

2020 yilning 6-oktabr kuni soat 15:00 da tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Denov tumani “Shahrinav” mahallasida yashovchi 28 yoshli S.Z. shartli mijozga voyaga yetmagan farzandi 2 yoshli M.S.ni 2 500 dollar va 24 250 000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan. Ular bolani Termiz shahridagi restoranlarning birida savdolashgan.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanZaderjan otes pitavshiysya prodat svoyego dvux godovalogo rebenka za 5000 dollarov SShA
Termizda restoranda 2 yashar o‘g‘lini sotayotgan ota qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Zaderjan otes pitavshiysya prodat svoyego dvux godovalogo rebenka za 5000 dollarov SShA

Tadbir jarayonida S.Z.dan kimoviy ishlov berilgan pullar, voyaga yetmagan M.S.ning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va uning farzandini o‘z xohishi bilan sotganligi to‘g‘risidagi tilxati rasmiylashtirib olingan.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanZaderjan otes pitavshiysya prodat svoyego dvux godovalogo rebenka za 5000 dollarov SShA
Termizda restoranda 2 yashar o‘g‘lini sotayotgan ota qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Zaderjan otes pitavshiysya prodat svoyego dvux godovalogo rebenka za 5000 dollarov SShA

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam savdosi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.Z. protsessual tartibda ushlangan va unga ayblov e’lon qilingan.

Unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0