09:25 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
184 0 0

Hodisa yarim tunga yaqin sodir boʻlgan: 9 yoshli bolakay traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, yerga yiqilgan va ogʻir jarohatlar olgan

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida traktor tirkamasiga osilgan 9 yoshli bola vafot etdi, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

Hodisa 13 oktyabr kuni soat 22:30 larda sodir boʻlgan.

"Yangiyer-Uchqoʻrgʻon" yoʻlining 3-kilometrida 53 yoshli fuqaro fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan "MTZ-80" traktorini tirkama ulagan holda harakatlanib ketayotgan vaqtida, 3-sinfda oʻqigan, 9 yoshli bolakay traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, yerga yiqilib tushgan.

Natijada, bola bosh va jagʻ qismidan tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular