17:49 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
302 0 0

Har ikkala avtomashina haydovchilari yoʻl-transport hodisasida olgan tan jarohati sabab hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etishgan

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida dahshatli avariya yuz berdi. Ikki "Neksiya" toʻqnashib ketishi oqibatida ikki shaxs halok boʻldi, yana ikki nafari reanimatsiyaga yotqizilgan, deb xabar berdi Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Xabarda aytilishicha, avariya haydovchining qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketishi oqibatida yuz bergan.

26 yoshli SH.I. oʻz "Nexia"sida Gʻallaorol tumani hududidan oʻtgan Dashtobod-Zomin-Baxmal 4R-40 avtomobil yoʻlining 173-kilometrida Baxmal-Gʻallaorol yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan vaqtida, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan 28 yoshli E.R. boshqaruvidagi "Nexia" yoʻliga chiqib ketishi oqibatida, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, har ikkala avtomashina haydovchilari yoʻl-transport hodisasida olgan tan jarohati sabab hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etishgan.

Shuningdek, marhum E.R.,ning boshqaruvidagi "Nexia" yoʻlovchisi B.SH., hamda SH.I. boshqaruvidagi "Nexia" avtomashina yoʻlovchisi A.U.lar turli koʻrinishdagi tan jarohatlari olib, Gʻallaorol tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Gʻallaorol tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular